Скоро Обновление и Улучшения на Сайте - Будьте с Нами
Подпишитесь и Будьте Вместе с Нами
Bradikardiya
– sinus ritmi patologiyasi, yurak qisqarish soni kamayishi (minutiga 30- 50 ta qisqarish), aritmiyalarning bir ko`rinishi hisoblanadi. Bolalarda minutiga 10 ta urishi (yangi tug`ilgan chaqaloqlar), 70 tagacha (1 yoshdan 6 yoshgacha bolalar), 60 tagacha (o`smirlar).Bosh miya travmalari
- Bosh suyagi, bosh miya va uning qavatlari, qoplovchi to`qimalarni travmatik shikastlanishi. Klinik turlari - Miya chayqalishi - Bosh miya lat yeyishi yengil daraja - Bosh miya lat yeyishi, o`rta og`ir daraja - Bosh miya lat yeyishi, og`ir daraja - Diffuzoaksonal shikastlanish - Bosh miya ezilishi Kelib chiqishiga qarab - Yopiq BMT - shikastlanishda, teri qoplamalari zararlanmagan, yumshoq to`qimalar zararlanadi. - Ochiq teshib o`tuvchi BMT - bosh miya qattiq qobig`i shikastlanadi - Ochiq teshib o`tuvchi BMT - bosh miya qattiq qobig`i shikastlanmaydi. Shikastlanish joyiga qarab: - O`choqli - lokal makrostruktur shikastlanish - Diffuz - miya qismlarining birlamchi va ikkilamchi uzilishi - Aralash BMT - o`choqli va diffuz shikastlanishlar.Bell falaji
( yuz nervi nevriti) yuz nervi yallig`lanishi. Birlamchi (sovuqda qolish), ikkilamchi (boshqa kasalliklar asorati) bo`ladi.Anemiya
(kamqonlik) – gemoglobin miqdorining pasayishi, eritrositlar miqdorini pasayishi.Amneziya
- yaqin yoki o'tgan voqea-hodisalarni qisman yoki to'liq eslay olmaslik. Amneziya to'liq (ma'lum bir vaqt oralig'idagi barcha voqea-hodisalarni eslay olmaslik) yoki qisman (hotirada faqat voqea-hodisalarning ma'lum bir qismigina qoladi). Amneziya vaqtinchalik yoki doimiy bo'lishi mumkin. Amneziya quyidagi turlari farqlanadi: - retrograd - bemor kasallikdan oldingi voqea-hodisalarni eslay olmaydi; - anterograd - bemor kasallangandan keyingi voqea-hodisalarni eslay olmaydi; - Korsakov sindromi - retrograd yoki anterograd amneziyaning og'ir shakli; - fiksatsion - hotirada hech qanday ma'lumot qolmaydi; - perforatsion - bemor ma'lumotlarni qisman eslab qoladi; - dissotsiatsiyalangan - bemor o'z shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarni eslay olmaydi.Страница 28 из 35