Скоро Обновление и Улучшения на Сайте - Будьте с Нами
Подпишитесь и Будьте Вместе с Нами
Epilepsiya
- asab kasalliklari orasida, eng ko`p tarqalgan kasallik, chaqaloqlarda ham uchraydi, 75% hollarda 20 yoshgacha bo`lganlarda uchraydi.Ekzema
- teri yallig`lanish kasalligi, terida ekzematoz pufakchalar hosil bo`lishi bilan xarakterlanadi. Dermatitdan farqli ravishda neyroallergik kasallikdir, davo muddati uzayishi bilan tavsiflanadi. Surunkali ravishda davom etadi.Dorzalgiya
– umurtqa pog`onasining turli kasalliklarida og`riq sindromi paydo bo`lishi. - Vertebrogen dorzalgiya – umurtqa pog`onasining turli kasalliklaridan yuzaga kelgan og`riqlar (osteoxondroz, radikulit, churra, disk protruziyasi, skolioz, chiqish) - Miofastsial sindrom – mushak spazmidan kelib chiqqan og`riq.Dori allergiyasi
– dori moddalalarga nisbatan ikkilamchi reaksiya, mahalliy va umumiy klinik ko’rinishlar bilan kechadi. Allergen-medikamentlar: - Penitsillin guruhi; - Sulfanilamidlar; - Barbituratlar; - Insulin; - Vaksinalar; - Tutqanoqqa qarshi vositalar; - Gipertireoz qarshi dorilar.Duduqlanish
– nutq mahalida bir bo`g`inni bir necha marta qaytarish. Bolalarda duduqlanish, odatda, nutqning intensiv shakllanish davrida kuzatiladi. Kechish xarakteriga ko`ra: - Nevrotik – so`zlashish defekti, tengdoshlariga qaraganda kech gapiradi. - Nevrozsimon – stress mahalida duduqlanish.Страница 27 из 35