Скоро Обновление и Улучшения на Сайте - Будьте с Нами
Подпишитесь и Будьте Вместе с Нами
Tovuq filesidan yana nimalar tayyorlashni bilmay turgan bo’lsangiz, sizga mana bunday mazali pirog retseptiga ahamiyat qaratishingizni tavsiya qilamiz.

O’z vazni va qomatiga e’tibor beruvchilar ham bunday pishiriqdan iste’mol qilishlari mumkin.

Chunki, bu pirogga umuman un solinmaydi.

Masalliqlar:

ASOSIGA:

500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma

1 bosh piyoz

1 dona tuxum

30 gramm smetana

ASOSIGA:

300 gramm shampinyon

1 bosh piyoz

2 ta tuxum

150 gramm kefir yoki shakarsiz yogurt

150 gramm motsarella pishlog'i

1 osh qoshiq o'simlik yog'i

Boshlaymiz. 1 Qadam

Qiymaga qirg'ichdan chiqarilgan piyoz, smetana, tuxumni solib aralashtirib olamiz. Tuz va murch sepamiz

2 Qadam

Pishiradigan qolipimizga qiymani solib tekislab olamiz. Bu pirogning asosi hisoblanadi

3 Qadam

Piyozni mayda to'g'rab, bir osh qoshiq yog' solingan tovada qovuramiz

4 Qadam

Ustidan qo'ziqorinlarni ham to'g'rab solamiz va suvi bug'lanib ketguniga qadar dimlab pishiramiz

5 Qadam

Qolipga qovurilgan masalliqlarimizni qiyma ustidan solib, tekislaymiz

6 Qadam

Ikkita tuxum va kefirni aralashtirib olamiz va pirog ustidan quyamiz

7 Qadam

Pirogni 180 C darajada qizigan pechda 25 daqiqa davomida pishirib olamiz

8 Qadam

So'ng pirogni olib, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni sepamiz va 15-20 daqiqa davomida pishiramiz. Yoqimli ishtaha!