Bunday bulochkalarni xohlagan jem yoki murabbola bilan tayyorlash mumkin.
Masalliqlar:
450-500 gramm un250 millilitr iliq sut
7 gramm quruq xamirturush75 gramm shakar
1 ta tuxum40 gramm sariyog'
30 millilitr o'simlik yog'i1 choy qoshiq vanil shakari
1/2 choy qoshiq tuz120 gramm jem
1 dona tuxum sarig'iBoshlaymiz. 1 Qadam
Tog'orachaga sut, xamirturush va shakarni solib, aralashtirib olamiz. 10-15 daqiqaga qoldiramiz2 Qadam
So'ng esa eritilgan sariyog', tuxum, o'simlik yog'i, vanil shakari va tuzni solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz3 Qadam
Unni oz-ozdan solib, yumshoqina xamir qorib olamiz4 Qadam
Xamir ustini yopib, 1-1.5 soatga qoldiramiz5 Qadam
Xamirni 15 ta bir xil bo'lakchalarga bo'lamiz va pech patnisiga terib chiqamiz6 Qadam
Xamir bo'lakchalarini ustini chuqurcha qilib chiqamiz va ustini yelim xalta bilan yopib, 20 daqiqaga qoldiramiz7 Qadam
So'ng o'sha teshikchalarga jemdan solib chiqamiz. Tuxum sarig'ini ham surtib chiqamiz8 Qadam
190 C darajada qizigan pechga qo'yib, 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Bulochkalar ozroq sovigandan keyin, shakar upasi sepamiz. Yoqimli ishtaha!