Скоро Обновление и Улучшения на Сайте - Будьте с Нами
Подпишитесь и Будьте Вместе с Нами
Yurakchasimon shakldagi tvorogli pechenyelar katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.

Buning uchun esa eng asosiysi ko’p masalliqlar talab qilinmaydi.

Bunday pechenyelar dasturxonga ham o’zgacha ko’rinish bag’ishlaydi.

Masalliqlar:

250 gramm tvorog

130 gramm sariyog'

1 dona tuxum

bir chimdim tuz

1 choy qoshiq qabartma

2 choy qoshiq shakar

330 gramm un

150 gramm shakar upasi

0.5 choy qoshiq vanil shakari

Boshlaymiz. 1 Qadam

Un, tuz va qabartmani elab olamiz

2 Qadam

Tvorogni yumshoq sariyog' bilan aralashtirib olamiz, vanil va vanil shakarini solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz

3 Qadam

Tuxumni solib, silliq bo'lguniga qadar aralashtiramiz

4 Qadam

Tvorogli aralashmani quruq massa bilan aralashtirib olamiz. Xamir qorib olamiz, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz

5 Qadam

Xamirni ikkiga bo'lamiz. Xamir ustidan shakar upasini sepamiz va xamirni 2-3 sm qalinlikda yoyib olamiz. Ustidan yana shakar upasi sepamiz

6 Qadam

Xamirning ikki tomonini o'rtaga qilib o'rab chiqamiz. So'ng bir xil qalinlikda ularni kesib chiqib, yurakchasimon shakl beramiz

7 Qadam

200 C darajada qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishiramiz

8 Qadam

Pishgan bulochkalar ustidan shakar upasi sepib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!