Скоро Обновление и Улучшения на Сайте - Будьте с Нами
Подпишитесь и Будьте Вместе с Нами
Ta’m jihatidan bunday pishiriqlar oddiy pirojkalardan unchalik ham farq qilmasada, ammo tashqi ko’rinishi bilan qiziqish uyg’otishi aniq.

Ularni tayyorlash juda oson bo’lib, ko’p vaqtni talab qilmaydi.

Masalliqlar:

XAMIRIGA: 320 gramm un

100 millilitr kefir

100 gramm smetana

1 ta tuxum

1 osh qoshiq o'simlik yog'i

0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi

1 choy qoshiq tuz

ASOSIGA: 1 bosh piyoz

1 dona bulg'or qalampiri

ta'bga qarab ko'katlar

300 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma

ta'bga qarab tuz va murch

Boshlaymiz. 1 Qadam

Tog'orachaga un, tuz va iste'mol sodasini solamiz. Tuxumni ham chaqib solamiz

2 Qadam

O'simlik yog'i, smetana va kefirni solamiz va yumshoqina xamir qorib olamiz

3 Qadam

Qiymasi uchun esa piyoz va bulg'or qalampirini mayda to'g'raymiz. Qiyma ustidan solamiz

4 Qadam

Ko'katlarni ham mayda to'g'rab solamiz, tuz va murch sepib aralashtiramiz

5 Qadam

Tingan xamirni olib, 5-7 mm qalinlikda yoyib olamiz. Ustidan qiymali aralashmani solib, tekislab chiqamiz va ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz

6 Qadam

Ruletni esa 3-4 sm qalinlikdagi bo'lakchalarga kesib chiqamiz. Unga belab, aylana shakl berib chiqamiz

7 Qadam

Yog' solingan tovada, qopqog'ini yopib, qizartirib qovurib olamiz

8 Qadam

Mazali qayla bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!