Bunday pishiriq birinchi martadanoq sizning eng sevimli yeguligingizga aylanishi aniq.
Tayyorlash jarayoni oddiy va tezligi sabab ham ularni bemalol ertalabki nonushtag ham, kechki ovqatga ham tayyorlash mumkin.Qiymasiga esa ta’bbga qarab har xil masalliqlardan solish mumkin bo’lib, masalan, qovurilgan qiyma, tuxum va ko’k piyoz, kartoshkali pyure, tovuq va qaynatilgan guruch va hokazo.
Bu safargi tayyorlashda pishloq va ko’katlar solindi. Eng asosiysi esa tayyor xamirning mavjudligida.Masalliqlar:
500 gramm tayyor qatlama xamir200 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i
0.5 bog' xohlagan ko'katlar1-2 osh qoshiq sut
ta'bga qarab qora murchta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
ustiga sepish uchun kunjutustiga surtish uchun tuxum
Boshlaymiz. 1 Qadam
Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz. Ko'katlarni esa mayda qilib to'g'raymiz. Murch va quritilgan qalampir qo'shib, aralashtirib olamiz2 Qadam
Agarda pishloq sho'rroq bo'lsa unda tuz solish shart emas3 Qadam
Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz va 30x30 sm kattalikda yoyib olamiz4 Qadam
5 sm qalinlikda 6 ta uzun lentalar kesib chiqamiz5 Qadam
Silikon cho'tka yordamida xamirning chetlariga ozroq sutdan surtib chiqamiz, shunda xamir chetlari yaxshi jipslashadi6 Qadam
Pishloqli aralashmani xamir bo'laklariga uzunchoq qilib solib chiqamiz va xamirning bir tomonini ko'tarib, ikkinchi tomonini yopamiz7 Qadam.
Uzunchoq xamirlarni chokini pastga qaratib, spiralsimon shaklda o'rab chiqamiz8 Qadam
Pishiriqlarni patnisga terib, ustidan tuxum surtamiz va kunjut sepamiz9 Qadam
180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!