Скоро Обновление и Улучшения на Сайте - Будьте с Нами
Подпишитесь и Будьте Вместе с Нами
Bugun yana bizlar oson tayyorlaniladigan, ammo shu bilan birga mazali bo’lmish lavashli naychalar retseptini taqdim etamiz.

Ularni ketchup yoki xohlagan sous bilan birga tortishingiz mumkin.

Masalliqlar:

2 ta lavash xamiri

3 ta kartoshka

100 gramm piyoz

100 gramm sariyog'

50 millilitr sut

2 osh qoshiq smetana

surtish uchun tuxum

sepish uchun kunjut

Boshlaymiz. 1 Qadam.

Kartoshkalarni po'stini archib, tuzli suvda qaynatib olamiz

2 Qadam

O'simlik yog'i yoki sariyog'da esa piyozni o'zini qovurib olamiz

3 Qadam.

Qaynab pishgan kartoshka suvini to'kib tashlaymiz va ustidan qovurilgan piyozni solib, birgalikda ezib maydalaymiz

4 Qadam

Pyurega xohishga qarab, ko'katlar yoki pishloqdan solish ham mumkin

5 Qadam

Lavashdan cheti 15-17 sm kattalikdagi to'rtburchaklar kesib chiqamiz

6 Qadam

Kattaroq idishga smetana, o'simlik yog'i, sut va tuzni solib, aralashtirib olamiz

7 Qadam

Shu aralashmani lavashlarga surtib chiqamiz, shunda ular yumshoq bo'lib pishadi

8 Qadam

Lavashning bir burchagiga kartoshkali pyuredan solamiz, ikkita chetini buklab, ruletsimon shakllar o'rab chiqamiz

9 Qadam

Lavashli naychalarni pech patnisiga terib chiqamiz. Ustidan tuxum surtib, kunjut sepamiz

10 Qadam

180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz va issiqligida dasturxonga tortamiz.. Yoqimli ishtaha!