Скоро Обновление и Улучшения на Сайте - Будьте с Нами
Подпишитесь и Будьте Вместе с Нами
Asosiga apelsin solib pishiriladigan bunday pechenyelar juda mazali bo’lib, har kimga ham yoqishi aniq.
Masalliqlar: XAMIRIGA:
50 gramm yumshatilgan sariyog'

80 gramm shakar

1 dona tuxum

3 osh qoshiq smetana

3 osh qoshiq o'simlik yog'i

1 choy qoshiq qabartma

300 gramm un
ASOSIGA:
1 dona apelsin

130 gramm shakar

15 gramm makkajo'xori kraxmali
Boshlaymiz. Qadam 1
Yumshagan sariyog'ni shakar bilan mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Qadam 2
Ustidan tuxum, o'simlik yog'i, smetana, tuzni solib aralashtiramiz.
Qadam 3
Un bilan qabarani elab ustidan solamiz va xamir qorib olamiz.

Xamirni yelim xaltaga solib, sovutgichga 30-40 daqiqaga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Xamirni olib teng ikkiga bo'lamiz va 3-4 mm qalinlikda, to'rtburchak shaklda yoyib olamiz.
Asosini tayyorlaymiz Qadam 5
Apelsinni po'sti bilan birga parrak qilib to'g'raymiz va danakxhalaridan tozalaymiz.
Qadam 6
Blender idishiga solamiz, ustidan shakar va kraxmalni ham solib maydalab olamiz.
Qadam 7
Yoygan xamirimizga asosdan surtamiz va ruletsimon shaklda o'raymiz.
Qadam 8
Ruletsimon xamirni 3-4 sm qalinlikda kesib chiqamiz va pergament qog'oz ustiga terib chiqamiz.
Qadam 9
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!