Скоро Обновление и Улучшения на Сайте - Будьте с Нами
Подпишитесь и Будьте Вместе с Нами
Anemiya
(kamqonlik) – gemoglobin miqdorining pasayishi, eritrositlar miqdorini pasayishi.Amneziya
- yaqin yoki o'tgan voqea-hodisalarni qisman yoki to'liq eslay olmaslik. Amneziya to'liq (ma'lum bir vaqt oralig'idagi barcha voqea-hodisalarni eslay olmaslik) yoki qisman (hotirada faqat voqea-hodisalarning ma'lum bir qismigina qoladi). Amneziya vaqtinchalik yoki doimiy bo'lishi mumkin. Amneziya quyidagi turlari farqlanadi: - retrograd - bemor kasallikdan oldingi voqea-hodisalarni eslay olmaydi; - anterograd - bemor kasallangandan keyingi voqea-hodisalarni eslay olmaydi; - Korsakov sindromi - retrograd yoki anterograd amneziyaning og'ir shakli; - fiksatsion - hotirada hech qanday ma'lumot qolmaydi; - perforatsion - bemor ma'lumotlarni qisman eslab qoladi; - dissotsiatsiyalangan - bemor o'z shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarni eslay olmaydi.Allergiya
– ba`zi tashqi ta`sirotlarga ortiqcha sezuvchanlik paydo bo’lishi, immun sistemaning javob reaksiyasi hosil bo`ladi. Turlari: - Atopik dermatit – teri surunkali kasalligi; - Allergik rinit – halqum shilliq qavati yallig`lanishi; - Allergik konyuktivit – ko`z zararlanishi; - Pollinoz – gul changiga allergiya; - Qichima – terida turli o'lchamdagi pufaklar hosil bo’lishi; - Ovqat allergiyasi - ma'lum bir ovqat mahsuloti qabul qilganda belgilar yuzaga kelishi.Страница 4 из 4