Скоро Обновление и Улучшения на Сайте - Будьте с Нами
Подпишитесь и Будьте Вместе с Нами
Dori allergiyasi
– dori moddalalarga nisbatan ikkilamchi reaksiya, mahalliy va umumiy klinik ko’rinishlar bilan kechadi. Allergen-medikamentlar: - Penitsillin guruhi; - Sulfanilamidlar; - Barbituratlar; - Insulin; - Vaksinalar; - Tutqanoqqa qarshi vositalar; - Gipertireoz qarshi dorilar.Duduqlanish
– nutq mahalida bir bo`g`inni bir necha marta qaytarish. Bolalarda duduqlanish, odatda, nutqning intensiv shakllanish davrida kuzatiladi. Kechish xarakteriga ko`ra: - Nevrotik – so`zlashish defekti, tengdoshlariga qaraganda kech gapiradi. - Nevrozsimon – stress mahalida duduqlanish.Bradikardiya
– sinus ritmi patologiyasi, yurak qisqarish soni kamayishi (minutiga 30- 50 ta qisqarish), aritmiyalarning bir ko`rinishi hisoblanadi. Bolalarda minutiga 10 ta urishi (yangi tug`ilgan chaqaloqlar), 70 tagacha (1 yoshdan 6 yoshgacha bolalar), 60 tagacha (o`smirlar).Bosh miya travmalari
- Bosh suyagi, bosh miya va uning qavatlari, qoplovchi to`qimalarni travmatik shikastlanishi. Klinik turlari - Miya chayqalishi - Bosh miya lat yeyishi yengil daraja - Bosh miya lat yeyishi, o`rta og`ir daraja - Bosh miya lat yeyishi, og`ir daraja - Diffuzoaksonal shikastlanish - Bosh miya ezilishi Kelib chiqishiga qarab - Yopiq BMT - shikastlanishda, teri qoplamalari zararlanmagan, yumshoq to`qimalar zararlanadi. - Ochiq teshib o`tuvchi BMT - bosh miya qattiq qobig`i shikastlanadi - Ochiq teshib o`tuvchi BMT - bosh miya qattiq qobig`i shikastlanmaydi. Shikastlanish joyiga qarab: - O`choqli - lokal makrostruktur shikastlanish - Diffuz - miya qismlarining birlamchi va ikkilamchi uzilishi - Aralash BMT - o`choqli va diffuz shikastlanishlar.Bell falaji
( yuz nervi nevriti) yuz nervi yallig`lanishi. Birlamchi (sovuqda qolish), ikkilamchi (boshqa kasalliklar asorati) bo`ladi.Страница 3 из 4