Скоро Обновление и Улучшения на Сайте - Будьте с Нами
Подпишитесь и Будьте Вместе с Нами
Shokolad va yong’oqli pastani yoqtirasizmi? Unda ichida shokolad pastasi bor pankeyklar pishirib ko’ring. Bunday nonushtadan hech kim bosh tortmasligiga aminmiz!

Shokolad va yong’oq pastasili og’izda eriydigan pankeyklar dasturxonga tortilganida hech qanday qo’shimchani talab qilmaydi, ammo uni meva ta’mi bilan boyitish maqsadida ozroq rezavor mevalardan qo’shishngiz mumkin.

Masalliqlar:

180 gramm un

250 millilitr sut

2 ta tuxum

2 osh qoshiq shakar

1,5 choy qoshiq qabartma

1 choy qoshiq vanil shakari

2 osh qoshiq o'simlik yog'i

100 gramm shokolad va yong'oqli pasta

Boshlaymiz. Qadam 1
Pergament qog'oziga bir choy qoshiqdan yumshoq shokolad pastasidan qo'yib, ulardan kichik nonchalar yasaymiz va muzlatgichga 30 daqiqaga qo'yamiz (muzlaguniga qadar)
Qadam 2
Pankeyklar uchun xamir tayyorlaymiz. Chuqur idishga tuxum chaqib, sanchqi yoki venchik yordamida aralashtiramiz
Qadam 3
Sut, shakar, tuz, o'simlik yog'i va vanil shakarini solib, aralashtiramiz
Qadam 4
Un va qabartmani alohida aralashtiramiz
Qadam 5
Va unli aralashmani suyuq aralashmaga qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz. Xamir qumoqlarsiz, quyuq smetanaga o'xshagan bo'lishi kerak
Qadam 6
Tovani qizdirib, so'ngra olovni o'rtachadan pastroq qilamiz va tovaga 2 osh qoshiqdan xamir solamiz
Qadam 7
Ustiga muzlatilgan shokolad pastasini qo'yib, ustidan yana bir qoshiq xamir quyamiz
Qadam 8
Pufakchalar paydo bo'la boshlaganidan so'ng pankeykni o'girib, ikkinchi tarafini yana 40-50 soniya qizargunicha qovuramiz
Qadam 9
Tayyor bo'lgan pankeyklarni istalgan qo'shimcha bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!