Скоро Обновление и Улучшения на Сайте - Будьте с Нами
Подпишитесь и Будьте Вместе с Нами
Tvorogli quymoqlar – haqiqiy uy taomlaridan biri hisoblanadi. Ularni nonushtaga yoki desert sifatida dasturxonga tortishingiz mumkin.

Oila a’zolari uchun eng qiyini quymoqlar pishib, tezroq ichi tvorogli asos bilan to’ldirilishini kutish.

Masalliqlar: QUYMOQLAR UCHUN

500 millilitr sut

100-120 millilitr qaynagan suv

2 ta tuxum

260 gramm un

0,5 choy qoshiq tuz

1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi

100 gramm eritilgan sariyog'

3 osh qoshiq shakar

ASOSIGA

300 gramm tvorog

3-4 osh qoshiq quyuq jem

1 ta banan

Boshlaymiz. Qadam 1
Tuxumni chaqib, shakar va tuz billan venchik yordamida aralashtiramiz. Iliq sut va soda qo'shamiz
Qadam 2
Elangan un solib, yaxshilab aralashtiramiz. Qumoqlar qolmasligi kerak
Qadam 3
Oxirida eritilgan sariyog' va qaynagan suv qo'shib aralashtiramiz. Xamir yetarlicha quyuq bo'lishi kerak
Qadam 4
Yaxshilab qizdirilgan tovada quymoqlarni ikki taraflama pishirib olamiz
Qadam 5
Asosini tayyorlaymiz. Tvorog va jem yoki shakarni yaxshilab aralashtiramiz
Qadam 6
Bananni ingichka tilimlarga kesib, olamiz
Qadam 7
Har bitta quymoqqa 1 osh qoshiqdan tvorogli asos va bir nechta banan bo'laklarini qo'yamiz va konvert yoki trubochka shaklida o'raymiz. Yoqimli ishtaha!