Oila a’zolaringizni bunday ajoyib shirinlik bilan siylang.
Masalliqlar XAMIRIGA:
150 gramm margarin yoki sariyog'2 ta tuxum
75 millilitr sut200 gramm un
150 gramm shakar1,5 choy qoshiq qabartma
4 osh qoshiq kakao kukuni100 gramm "Crafers" shokolad va yong'oqli pasta
KREMIGA
200 gramm tvorogli pishloq150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
3 osh qoshiq shakar upasi2 choy qoshiq "Crafers" shokolad va yong'oqli pasta
bezak uchun shokolad bo'laklariBoshlaymiz Qadam 1
Un, qabartma va kakaoni aralashtiramizQadam 2
Xona haroratidagi sariyog'ni shakar bilan ko'pirtiramizQadam 3
Ko'pirtirishni davom ettirib, birma-bir tuxum solamizQadam 4
So'ngra sut solib, yana ko'pirtiramizQadam 5
Hosil bo'lgan massaga quruq aralashmani qo'shib, yaxshilab mikserda aralashtiramizQadam 6
Xamirni konditer qopchasiga yoki paketga solamiz. Tagini kesib, keks uchun mo'ljallangan qoliplarni ⅓ qismini to'ldirib chiqamizQadam 7
Har bir keksning o'rtasiga 1 choy qoshiqdan shokolad pastasini solib, ustidan qolgan xamirni quyamizQadam 8
Kekslarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa pishiramiz.Qadam 9
So'ngra xona haroratida sovutamizQadam 10 Krem tayyorlaymiz:
Qaymoqni shakar upasi bilan qattiq holga kelgunicha ko'pirtiramizQadam 11
Tvorogli pishloq qo'shib, yaxshilab aralashtiramizQadam 12
Shokolad pastasini qo'shib, mikserda aralashtiramizQadam 13
Kremni konditer qopchasiga qo'yib, sovugan kekslar ustini bezatamizQadam 14
Ta'bga ko'ra kekslarni shokolad bo'laklari va biskvit uvoqlari bilan bezatishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!