Bunday pechenyelar ayniqsa bolajonlarni juda quvontirib yuborishi shubhasizdir.
Masalliqlar:
100 gramm qulupnay70 gramm
140 gramm un50 gramm muzdek sariyog'
85 gramm 35 %li yog'li qaymoq1 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakaribir chimdim tuz
Boshlaymiz. Qadam 1
Qulupnayni yuvib olamiz. Dumchalarini olib tashlab, o'zini to'rtburchak shaklda to'g'raymizQadam 2
Tog'orachaga un, shakar, vanil shakari, tuz va qabartmanni solib, aralashtirib olamizQadam 3
Muzdek sariyog'ni to'g'rab, un ustidan solib, qo'lda yaxshilab ishqalaymiz va kukunsimon holatga keltiramizQadam 4
Unli massa ustidan qulupnaylarni solib, aralashtirib olamizQadam 5
Qaymoqni quyib, xamirni aralashtirib olamizQadam 6
Muhim! Qaymoqni retseptda ko'rsatilgn miqdordan ko'p solmang, aks holda pechenyelar juda yoyilib ketadiQadam 7
Pergament qog'oz to'shalgan qolip yoki patnisga qoshiq yordamida xamirlardan solib chiqamizQadam 8
O'rtasida yetarlicha joy qoldiramiz, chunki pechenyelar pishish jarayonida ozroq yoyilib ketadiQadam 9
180 C darajada qizigan pechda 20 daqiqa yoki qizarib pishguniga qadar pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!