«Krep syuzett» quymoqlari – fransuz klassikasi hisoblanadi. Va ular sizni fransuz kafesining romantik muhitiga olib boradigan mazali desert bo’la oladi.
Masalliqlar:
250 gramm iliq sut140 gramm un
50 gramm sariyog'2 ta tuxum
3 osh qoshiq shakar1/4 choy qoshiq tuz
APELSINLI QAYLA UCHUN:
200 gramm shakar150 millilitr suv
100 millilitr apelsin sharbati50 gramm sariyog'
2 osh qoshiq limon sharbati1 ta apelsin po'sti
Boshlaymiz. Qadam 1 Quymoq tayyorlaymiz
Un bilan sariyog'da qo'lda yaxshilab shqalab olamizQadam 2
Boshqa idishda tuxum va sutni aralashtirib, so'ngra unli massaga qo'shamiz. AralashtiramizQadam 3
So'ngra xamirga yumshoq sariyog' qo'shib, aralashtiramizQadam 4
Ustini yopib 30 daqiqaga tindirib qo'yamizQadam 5
30 daqiqadan so'ng tovani qizdirib, yupqa quymoqlar pishirib olamiz. Taxminan 12-15 ta quymoqlar hosil bo'ladiQadam 6 Qayla tayyorlaymiz
Idishda shakar, apelsin po'sti, suv, apelsin va limon sharbatini aralashtiramiz. Olovga qo'yib, past olovda taxminan 10 daqiqa qaynatamizQadam 7
Tovaga sariyog'ni yarimini qo'yib, qizdiramiz. Ozroq qayla quyib, ustidan uchburchak shaklidagi quymoqlarni ikki taraflam qayla qiyom holiga kelmagunicha qizdirib olamiz. Barcha quymoqlarni shunday pishirib olamizQadam 8
Quymoqlarni likopchalarga qo'yamiz. Ta'bga ko'ra quymoqlarga qaymoqli muzqaymoq bilan bezak berishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!