Bunday pechenyelarni tayyorlash juda ham oson, eng asosiysi esa ularni tayyorlash uchun kerakli qolip bo’lsa bas.
Masalliqlar:
400 gramm un2 ta tuxum
100 gramm shakar140 gramm eritilgan sariyog'
1 choy qoshiq vanil shakari1 choy qoshiq qabartma
200 gramm tozalangan yong'oq1 banka qaynatilgan quyultirilgan sut
Boshlaymiz Qadam 1
Tuxum bilan shakarni yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Shakar oxirigacha erishi kerakQadam 2
Eritilgan, iliq sariyog' va vanilinni tuxumli aralashma ustidan solamiz va aralashtirib olamizQadam 3
Un bilan qabartmani elab solamiz va yumshoqqina xamir qoramiz.Qadam 4
Un biroz ko'proq yoki kamroq solinishi mumkin.Qadam 5
Xamir sal yog'li bo'ladi, bundan xavotir olmang, shunday bo'lishi kerakQadam 6
"Yong'oqcha" pechenyesiga mo'ljallangan qolipni qizdirib olamiz. Bizlar elektr tokida ishlaydiganidan foydalandikQadam 7
So'ng xamirdan gilosdek kattalikdagi bo'lakchalarni ajratib olamiz va qolipga solib ustidan bosamiz. Yopib, tillarangga kirgunicha pishirib olamizQadam 8 Asosiga:
Qaynatilgan quyultirilgan sutga yong'oqni maydalab solamiz va aralashtirib solamizQadam 9
Pishgan pechenyelarni sovutib, yarmiga to'ldirib asosdan solamiz va ikkinchisi bilan yopamiz. Yoqimli ishtaha!