Kerakli Masalliqlar:
400 gramm qaymoqli suzma300 gramm yog'li qaymoq
60 gramm shakar1 o'ram svoyardi pechenyelari
3 osh qoshiq qahva300 millilitr suv
Boshlaymiz 1 Qadam
Kattaroq idishga suzma, qaymoq va shakarni solamiz. Mikser yordamida yumshoq ko'pik hosil bo'lgunicha ko'pirtirib olamiz. Krem qoshiqdan oqib ketadigan suyuq bo'lmasligi kerak.2 Qadam
Alohida idishga esa qahva va suvni solib eritamiz.3 Qadam
Svayardi pechenyelarini qahvaga botirib olib, biron bir idishga bir qator terib chiqamiz.4 Qadam
Ustidan kremning teng yarmini surtamiz. Qolgan pechenyelarni ham qahvaga botirib olib, krem ustidan teramiz.5 Qadam
Qolgan kremni pishiriq qopchasiga solib, pechenyelar ustidan shakl berib chiqaramiz. Ustidan kakaodan sepib bezatamiz.
6 Qadam
Tortishdan avval 6-8 soat sovutgichda saqlash tavsiya qilinadi. Yoqimli ishtaha!